GENETIK DISTROFIYA SIFATIDA TUGALLANMAGAN DENTINOGENEZ: MOLEKULYAR MEXANIZMLAR TAHLILI

20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada dentinogenez - ya’ni dentin to‘qimasining shakllanish jarayoni va uning murakkab biologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada dentinning rivojlanish bosqichlari, odontoblastlar faoliyati, genetik va epigenetik omillarning dentin hosil bo‘lishidagi o‘rni batafsil yoritilgan. Shuningdek, dentinogenez jarayonining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar, jumladan, dentinogenezis imperfekta, gipomineralizatsiya va boshqa irsiy hamda orttirilgan patologiyalar tahlil qilinadi. Har bir kasallik turi alohida o‘rganilib, unda yuzaga keladigan to‘qima o‘zgarishlari, klinik belgilari, diagnostik usullari va zamonaviy davolash yo‘llariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola dentin hosil bo‘lishidagi fiziologik va patologik mexanizmlarni solishtirish orqali klinik stomatologiyada samarali tashxis va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Keywords: Nomukammal dentinogenez, 1-tip dentinogenez, 2-tip dentinogenez, Stenton-Kapdepone, 3-tip dentinogenez, DSPP, DMPI, COL1A1, COL1A2, transkripsiya, translatsiya, gen terapiya, post translatsiyon modifikatsiya, stam hujayralari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor