PARA TAEKVONDOCHILARNING OYOQ ZARBALAR TEZLIGINI RIVOJLANTIRISH

19.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada para taekvondo sport turi doirasida sportchilarning oyoq zarbalaridagi tezkorlikni oshirishda zamonaviy metod va vositalarning o‘rni atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda 16–22 yosh oralig‘idagi nogironligi bor sportchilar ishtirokida eksperimental mashg‘ulotlar o‘tkazilib, zarba tezligi, aniqligi va mushak faolligining o‘zgarish dinamikasi kuzatildi. Treninglarda plyometrik yuklamalar, reaksiya tezligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, video-analiz, hamda audiovizual stimulyatorlardan foydalanildi. Natijalar sportchilarning zarba berish texnikasi, koordinatsiya va motivatsiya darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Tadqiqot asosida para taekvondo sportchilari uchun individuallashtirilgan va moslashtirilgan trening dasturi ishlab chiqildi.

Keywords: para taekvondo, oyoq zarbasi, tezkorlik, plyometrik trening, video-analiz, reaksiya vaqti.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor