KALAMUSHLAR ME’DA OSTI BEZI MORFOLOGIYASI TAJRIBAVIY GIPOTIREOZ FONIDA

19.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

Keywords: me’da osti bezi, atsinus, merkazolil, bo‘lakcha.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor