TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA SAN’AT YUKSALISHI

19.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir. Amir Temur va uning vorislari — xususan, Mirzo Ulug‘bek — ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va tasviriy san’atni davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida rivojlantirdilar. Bu davrda Samarqand, Hirot, Buxoro kabi shaharlarda madaniy va ilmiy markazlar shakllandi. Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk siymolar ilm-fan, san’at va adabiyotda yuksak cho‘qqilarni zabt etdilar. Temuriylar homiyligida qurilgan me’moriy obidalar, yozma manbalar va miniatyura san’ati Sharq Uyg‘onishining yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bu davr madaniy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy o‘zligida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada temuriylar davrida san’atning o‘rni va rivojlanishi yoritiladi

Keywords: San’at maktablari, milliy cholg‘u asboblari, udi komil, ahlu amal, yatugan, shadirg‘u, qo‘lyozma miniatyuralar, gushtirlik, madaniy marosimlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor