16.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada IMEN (TRIZ – Ijodiy Muammolarni Echish Nazariyasi) metodlari asosida ta’limiy jarayonni samarali tashkil etish imkoniyatlari yoritilgan. TRIZ yondashuvi orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muammoga yondashuv ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga, ta’limiy faoliyatda noan’anaviy yondashuvlar, interfaol metodlar va didaktik mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaliy misollar, muammo-vaziyatli topshiriqlar asosida TRIZ metodlarining afzalliklari tahlil etiladi.
Keywords: TRIZ, IMEN texnologiyasi, ijodiy tafakkur, muammoni hal qilish, o‘qitishda innovatsiya, ta’lim metodikasi, tanqidiy fikrlash, interfaol usullar, pedagogik yondashuv.