TERI QATLAMLARINING GISTOLOGIK TUZILISHI: EPIDERMIS, DERMIS VA GIPODERMIS

12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada inson tanasining eng katta organi — terining gistologik tuzilishi, uning asosiy qatlamlari (epidermis, dermis, gipodermis) va har bir qatlamning morfologik hamda funksional xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ayniqsa, terining himoya funksiyasi: fizik, mikrobiologik, immunologik va mexanik jihatlari chuqur yoritilgan. Maqola teri tuzilmasining mikroskopik ko‘rinishlari, ularning hujayraviy tarkibi va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganiladi. Mazkur tadqiqot gistologiya fani doirasida terining ko‘p funksiyali va ixtisoslashgan tuzilma ekanini ochib beradi hamda klinik amaliyotda uni to‘g‘ri baholash zarurligini ko‘rsatadi.

Keywords: Teri qatlamlari, epidermis, dermis, gipodermis, himoya funksiyasi, gistologik tuzilish, mikroskopik tahlil, keratinizatsiya, immunogistokimyo, to‘qimalar morfologiyasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor