12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Huquqiy ong fuqarolarning qonunlarga bo’lgan munosabati, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi bilimlari va huquqiy xulq-atvorining shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Huquqiy madaniyat esa insonlarning huquqiy tushunchalari, qonunlarga hurmat ruhidagi tarbiyasi, davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ifodalaydi. Maqolada jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oshirish vositalari, davlat siyosati, ta’lim tizimi, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining roli tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar kontekstida mazkur jarayonning rivojlanish istiqbollari yoritiladi.
Keywords: Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, fuqarolik jamiyati, qonunchilik, O‘zbekiston, ta’lim, islohot.