XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI

12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada XX asr o’zbek she’riyatiga ulkan hissa qo’shgan avlodlarimiz siymosi keng ko’lamda yoritilgan. Har bir shoir, shoira o’zi tug’ilib o’sgan ona vatanini, unda yashagan o’zining avlodlarini madh etib qalamga oladi. Bu kabi ijodkorlar she’riyatida xalq og’zaki ijodi qahramonlarini, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur, sohibqiron Amir Temur kabi buyuk siymolarni ko’rishimiz mumkin. Bu davrda tarixiy obrazlar ko’proq milliy uyg’onish, erkinlik, jasorat, g’urur va xotira ramzi sifatida talqin qilingan. Shoirlar tarixni faqat faktlar jamlanmasi emas, balki ruhiy-ma’naviy tajriba manbai sifatida qayta gavdalantirganlar.

Keywords: tarixiy obraz, she’riyat, milliy ong, hayotiy tuyg’u, ma’naviy yuksaklik, adolat.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor