MURIDIZM VA KAVKAZ URUSHLARI: K.P. FON KAUFMANNING TAJRIBALARI (N.X. KNAUERNING ‘QADIMIY YURTDAGI NEMISLAR’ KITOBI MATERIALLARI ASOSIDA)

12.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi harbiy arbobi va davlat xizmatchisi Konstantin Petrovich fon Kaufmanning XIX asrda Kavkazdagi harbiy-siyosiy faoliyati yoritiladi. Muallif Kaufmanning Imom Shomilga qarshi harbiy harakatlardagi ishtiroki, Dargo va Guni kabi strategik ahamiyatga ega hududlar uchun olib borilgan janglar, shuningdek, Qrim urushi davrida Kars qal’asi atrofida olib borilgan razvedka va muhim harbiy amaliyotlar haqida so‘z yuritadi. Maqolada Kaufmanning shaxsiy fazilatlari, jumladan, uning sadoqati, harbiy jasorati, insonparvarlik tamoyillari, musulmon xalqlari bilan o‘zaro hurmat asosidagi munosabatlari va oila hayoti tafsilotlari ham keltirilgan. Tarixiy manbalar asosida tayyorlangan mazkur maqola Rossiya-Turk urushlari, Kavkaz siyosati va XIX asr harbiy-diplomatik munosabatlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Keywords: Konstantin Petrovich fon Kaufman, Kavkaz urushi, Imom Shomil, Guni, Dargo, Qrim urushi, Kars qal’asi, razvedka, rus-turk urushlari, Rossiya imperiyasi, harbiy tarix, musulmon xalqlari, harbiy axloq, XIX asr, Sevastopol mudofaasi, fortifikatsiya, Yuliya Mavrikievna Berx, Kavkaz siyosati, Muravyov-Karskiy, Vilyam-Fenvik Vilyams.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor