10.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada mahsulotlarni va sifatni boshqarish tizimlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish jarayoni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Sertifikatlashtirish eksport va import jarayonlarini yengillashtirish, tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ISO 9001, ISO 22000, va boshqa sifat tizimlari standartlarini joriy etish orqali korxonalarning xalqaro talablarga moslashuvi va mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Keywords: sifatni boshqarish, sertifikatlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat, ISO standartlari, eksport, raqobatbardoshlik, xalqaro bozor, sifat tizimi.