09.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada XVI-XIX asrlarda Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Elchilik missiyalari, savdo aloqalari, chegara mojarolari, diniy va madaniy yaqinlik asosidagi aloqalar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin” davrida yirik imperiyalar bosimi ostida bu munosabatlarning murakkablashgani ham ko‘rsatilgan. Mahalliy amaldorlar va diniy ulamolar vositasidagi noformal diplomatiyaning roli alohida e’tirof etilgan.
Keywords: Buxoro, Afg‘oniston, diplomatik munosabatlar, elchilik instituti, savdo yo‘llari, Durroniylar imperiyasi, “Buyuk o‘yin”, chegara, diniy-madaniy aloqalar.