30.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada tarix fanining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tadbiqi ko‘rib chiqiladi. Tarixiy ma’lumotlarni raqamlashtirish, elektron arxivlar, virtual muzeylar va sun’iy intellekt asosidagi dasturlarning tarixshunoslikdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola informatika vositalari yordamida tarixiy tadqiqotlar sifatining oshishi va ma’lumotlarni yanada interaktiv va oson tushunarli qilish imkoniyatlarini yoritadi. Shuningdek, texnologiyalardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ish tarixshunoslik va axborot texnologiyalari sohalarining uyg‘unlashuvi kelajakda ilm-fan rivojida yangi istiqbollar ochishini ta’kidlaydi.
Keywords: Tarixshunoslik, Informatika, AKT, Raqamlashtirish, Elektron arxivlar, Virtual muzeylar, Sun’iy intellect, GIS.