26.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi gul nomlari va ularni ifoda etuvchi so‘zlarning semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Leksik-semantik tahlil asosida gul nomlarining milliy-madaniy xususiyatlari, obrazlilik darajasi hamda ularning metaforik va poetik ma’noda qo‘llanish holatlari yoritiladi. Mumtoz adabiyotda, ayniqsa Alisher Navoiy she’riyatida, gul obrazining poetik, ramziy va semantik jihatdan teran qo‘llanishi kuzatiladi. Shu sababli gul nomlarini faqat botanik terminlar sifatida emas, balki semantik struktura, poetik timsol, va lingvokulturologik birlik sifatida tadqiq qilish muhimdir. Shuningdek, turli adabiy manbalarda gul nomlarining sinonim, antonim, metafora va metonimiya kabi usullar bilan qanday ifodalangani tahlil qilinadi.
Keywords: gul nomlari, semantika, leksika, obrazlilik, metafora, o‘zbek tili, madaniyat.