22.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada ajrashgan oilalardagi ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarning farzand psixologiyasiga ta’siri turli ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili orqali ajralishdan keyingi oilaviy muhitda farzandning hissiy-emotsional holatida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, psixologik bosimlar va moslashuv jarayonlari yoritilgan. Tahlil falsafiy, psixologik va etnopsixologik nuqtai nazardan olib borilgan. Maqolada milliy qadriyatlar kontekstida o‘zbek oilalarida ajrashuv holatining bolalarga ta’siri alohida ko‘rib chiqilgan.
Keywords: ajrashuv, ota-ona munosabatlari, bolalar psixologiyasi, hissiy holat, etnopsixologiya, adabiyotlar tahlili, oilaviy muhit.