20.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Bugungi kunda jamiyatimizda axloqiy tarbiyaning kuchaytirilishi, yosh avlod qalbida ezgulik, mehr-oqibat, halollik kabi fazilatlarni singdirish muhim masalalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning ijtimoiy ongini shakllantirish orqali ularni jamiyatga foydali shaxs etib voyaga yetkazish mumkin. Bu borada tasavvuf ta’limotining tarbiyaviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tasavvuf insonni ichki poklanishga, boshqalarga nisbatan mehribonlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Ushbu maqolada tasavvuf ta’limotining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy g‘oyalarni singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Har bir inson yoshlik chog’idan boshlab odob axloq qoidalariga rioya qilishi va atrofdagilarga ham hurmatda bo’lishi zarur. Hozirgi globallashuv jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy ongini rivojlantirish juda muhim jarayon hisoblanadi.
Keywords: Tasavvuf, axloq, poklik, sabr, tavoze, muhabbat, fano, baqo, ijtimoiy ong, materialism, individualism, eksperimental, interfaol metod, pedagogik kuzatuv, globallashuv, ong.