20.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada Shayboniylar davlati (1500–1599) davridagi ijtimoiy tuzilma va davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Jamiyatning asosiy qatlamlari – hukmdorlar, diniy ulamolar, harbiylar, dehqonlar va savdogarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni va vazifalari yoritiladi. Shuningdek, ma’muriy, harbiy, yer-soliq va diniy sohalarda olib borilgan islohotlar mazmuni hamda ularning jamiyat barqarorligiga ta’siri ochib beriladi. Maqola ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir etgan tarixiy omillarni chuqur anglashga xizmat qiladi.
Keywords: Shayboniylar, ijtimoiy tuzilma, islohotlar, hukmdorlar, ulamolar, harbiy qatlam, yer-mulk, diniy siyosat, Movarounnahr, Buxoro xonligi.