TILSHUNOSLIKDA TRANSFORMATSIYA, KONVERSIYA VA INVERSIYANING BIR-BIRIDAN FARQI

19.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada tilshunoslikda muhim bо‘lmish transformatsiya, konversiya va inversiya tushunchalari hamda ularning farqlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Har uchala tushuncha til birliklarining shakl, vazifa yoki tartibini о‘zgartirishga asoslangan bо‘lsa-da,ular til tizimida turlicha vazifaga ega.Transformatsiya lingvistik hodisa bо‘lib, gap yoki sо‘z tuzilishini о‘zgartirish orqali yangi grammatik yoki semantik ma’no hosil qilish jarayonidir. Konversiya morfologik vositalarsiz sо‘z turkumining о‘zgarishi natijasida yangi ma’no hosil bо‘lishidir. Inversiya esa gap komponentlarining odatiy tartibining buzilishi orqali gap urg‘usini о‘zgartirish yoki stilistik ta’sir hosil qilish uchun qо‘llaniladi. Ushbu maqolada uch tushunchaning ta’riflari keltiriladi, misollar asosida tahlil qilinib, ularning lingvistik xususiyatlari, о‘zaro bog‘liqligi va farqlari yoritiladi,shuningdek, har bir hodisaning sintaktik va semantik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning til tizimidagi о‘rni kо‘rib chiqiladi. Nazariy yondashuvlar hamda amaliy misollar orqali ushbu lingvistik hodisalarning mohiyatini kengroq ochib beriladi, о‘zbek va boshqa tillardagi tadqiqotlari va namunalari о‘rganiladi.Shu bilan birga,maqolada transformatsiya va inversiyaning asosan sintaktik darajada,konversiyaning esa morfologik-grammatik darajada yuz berishi,ularning о‘zaro aloqador, biroq ajralib turuvchi jihatlaridan biri sifatida kо‘rsatiladi.

Keywords: Transformatsiya, konversiya, inversiya, lingvistik о‘zgarishlar, sintaktik transformatsiya, semantik transformatsiya, sintaktik inversiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor