15.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Maqola 1980–1990-yillarda Toshkent shahrining ijtimoiy hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlarni o‘rganadi. Ushbu davrda sobiq Sovet Ittifoqining siyosiy tizimidagi zaiflashuv va siyosiy ochiqlik natijasida poytaxtda milliy uyg‘onish, madaniyat va til masalalariga qiziqish oshdi. Toshkentda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy haqiqatni tiklash va mustaqil fikrlash g‘oyalari keng yoyildi. Maqolada ushbu jarayonlarning jamiyat hayotiga ta’siri, siyosiy faollik va madaniy-tarixiy jarayonlar tahlil qilinadi.
Keywords: Toshkent, Ijtimoiy hayot, 1980–1990-yillar, Milliy uyg‘onish, Sovet tuzumining zaiflashuvi, Siyosiy ochiqlik, Milliy o‘zlik, Madaniyat, Til maqomi, Tarixiy haqiqat, Mustaqil fikrlash, Ziyolilar, Jamiyat faolligi, Siyosiy faollik, Madaniy meros.