USMON AZIM SHE’RLARINING LISONIY XUSUSIYATLARI

15.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Usmon Azim she’rlarining lisoniy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida shoirning leksik, grammatik va uslubiy vositalari, she’riy asarlarida qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari o‘rganilgan. Tahlillar natijasida Usmon Azim she’rlarida milliy o‘zlikni ifodalovchi so‘z va iboralarning boy qo‘llanilganligi, ramziy ma’nolarning chuqurligi, fonetik-intonatsion vositalarning o‘ziga xosligi aniqlangan. Tadqiqot natijalarida shoirning o‘zbek she’riyatida innovatsion uslubiy yondashuvlari, til vositalarini qo‘llash mahorati va bu orqali milliy adabiy merosimizni boyitishdagi o‘rni ochib berilgan.

Keywords: Usmon Azim, lisoniy xususiyatlar, badiiy tasvir vositalari, poetik nutq, metafora, metonimiya, ramziylik, fonetik-intonatsion vositalar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor