SIFAT MENEJMENT TIZIMINING ISTE’MOLCHILAR EHTIYOJINI QONDIRISHDAGI O‘RNI VA TA’SIRI

14.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada sifat menejment tizimining (SMT) tashkilotlarda iste’molchilarning ehtiyoj va talablarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularga javob berishdagi o‘rni va amaliy ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda ISO 9001:2015 xalqaro standarti tamoyillari asosida SMTning samaradorlik ko‘rsatkichlariga, mijoz qoniqishiga, ichki jarayonlar optimallashuviga hamda raqobatbardoshlikning oshishiga ta’siri empirik va statistik asosda tahlil qilingan. O‘zbekiston tajribasi misolida SMTni joriy etishdagi yutuqlar, huquqiy asoslar, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari SMTning tashkilot barqarorligi va mijoz sodiqligini shakllantirishdagi strategik ahamiyatini isbotlaydi.

Keywords: sifat menejment tizimi, ISO 9001, mijoz ehtiyoji, xizmat sifati, tashkilot samaradorligi, shikoyatlar tahlili, raqobatbardoshlik, barqaror rivojlanish, O‘zbekiston, xalqaro standartlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor