14.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek nasrida ona obrazining shakllanish jarayonlari, uning tarixiy, ijtimoiy, madaniy omillar ta’sirida takomillashuvi, badiiy-estetik yondashuvlar asosida talqin etilishi chuqur tahlil etiladi. Ona obrazi xalq ongida muqaddas timsol sifatida qaralgan bo‘lsa, nasrda bu obraz turli davrlarda turlicha shaklda, turli estetik-falsafiy ko‘rinishlarda tasvirlangan. Maqolada bu obrazning genezisi (kelib chiqish manbalari), tarixiy taraqqiyoti, adabiy maktablar va mualliflar ijodida tutgan o‘rni, zamonaviy talqindagi evolyutsiyasi haqida chuqur ilmiy tahlil beriladi.
Keywords: ona obrazi, o‘zbek nasri, badiiy obraz, genezis, estetik evolyutsiya, ijtimoiylik, qadriyatlar.