12.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda insult rivojlanishi xavfi, patofisiologik mexanizmlari, va profilaktika choralarini o'z ichiga olgan adabiyotlar tahlili keltirilgan. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, qandli diabet insult xavfini 2-4 barobar oshiradi, Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan O'zbekistonda ham bu muammo dolzarbdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qandli diabet va insult kasalliklari soni rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ko'proq bo'lib, bu holat aholining samarali profilaktika choralaridan xabardorligining pastligi bilan bog'liq.
Keywords: qandli diabet, insult, miya qon aylanishi buzilishi, yurak-qon tomir kasalliklari, xavf omillari, patofisiologiya, profilaktika, O'zbekiston.