12.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada bank-moliya tizimida iqtidorli xodimlarni saqlab qolishda motivatsiyaning iqtisodiy va tashkiliy roli ilmiy tahlil qilinadi. Global raqobat muhiti va raqamli transformatsiya sharoitida banklar uchun inson kapitalini yo‘qotmaslik strategik ustuvorlikka aylanmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekistonning yetakchi tijorat banklari misolida xodimlar oqimi, motivatsion vositalarning samaradorligi, ish haqi, malaka oshirish, rag‘batlantirish va karera o‘sish imkoniyatlari bo‘yicha empirik ma’lumotlar tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, motivatsiya omillarining tizimli va innovatsion boshqaruvi xodimlarning sodiqligi, ishlab chiqarish samaradorligi va kredit portfeli o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqola yakunida iqtidorli kadrlarga yo‘naltirilgan kompleks motivatsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar uchun amaliy tavsiyalar sifatida foydali bo‘lishi mumkin.
Keywords: Bank-moliya sektori, motivatsiya tizimi, iqtidorli xodimlar, inson kapitali, rag‘batlantirish, ish haqi siyosati, kadrlar siyosati, xodimlar oqimi, iqtisodiy samaradorlik, kasbiy rivojlanish, ichki motivatsiya, mehnat bozori, bank strategiyasi, malaka oshirish.