CHAKANA BANK XIZMATLARINING TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

12.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada chakana bank xizmatlarining tijorat banklari samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi hamda ushbu xizmatlarni rivojlantirishning samarali yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqotda chakana bank xizmatlari tushunchasi va ularning tijorat banklari faoliyatidagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, tijorat banklari samaradorligini oshirishda chakana xizmatlarining ahamiyati amaliy misollar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada chakana bank xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik yondashuvlar hamda bank infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari menejerlari va moliyaviy tahlilchilar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, unda tijorat banklari tomonidan chakana xizmatlarni yanada rivojlantirish orqali mijozlar bazasini kengaytirish va banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

Keywords: chakana bank xizmatlari, tijorat banklari, bank samaradorligi, moliyaviy barqarorlik, rivojlantirish strategiyalari, mijozlar bazasi, bank infratuzilmasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor