12.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Maqolada quyosh suv-havo qizdirish tizimlari orqali ekologik zararlarni kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. An’anaviy issiqlik manbalarining salbiy ekologik ta’siri, xususan, karbonat angidrid (CO₂) chiqindilarining kamaytirilishi, muqobil energiya tizimlarining samaradorligi bilan solishtirilib baholanadi. Quyosh kollektorlarining termik samaradorligi va havo orqali issiqlik uzatish texnologiyasi asosida energiya tejami, issiqlik balans tenglamalari va ekologik foyda ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan. Tahlil natijalari kombinatsiyalashgan kollektor tizimlarining ekologik xavfsiz va barqaror energiya manbai sifatida ishlatilishini asoslaydi.
Keywords: quyosh energiyasi, suv-havo tizimi, ekologik zarar, CO₂ emissiyasi, issiqlik samaradorligi.