08.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada ikki muhim monoteistik din – Yaxudiylik va Islom – ning diniy, tarixiy va falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqola dinshunoslik nuqtai nazaridan ularning kelib chiqishi, asosiy aqidalari, muqaddas matnlari va tarixiy rivojlanishi hamda o‘zaro o‘xshashlik va farqlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu dinlarning insoniyat tamadduniga ko‘rsatgan ta’siri va zamonaviy dunyodagi o‘rni ham yoritiladi.
Keywords: Islom, aqidalar, muqaddas matnlar, monoteistik din, insoniyat madaniyati.