08.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada dinshunoslik va falsafa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Dinshunoslikning diniy e’tiqod, marosim va matnlarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganishi, falsafaning esa aql-idrok va mantiq orqali haqiqatni izohlashga intilishi ochib berilgan. Falsafa va dinshunoslikning umumiy va farqli jihatlari tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritilgan. Ayniqsa, musulmon mutafakkirlar — Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy va Ibn Rushd qarashlari orqali bu ikki fan o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Maqolada zamonaviy davrda dinshunoslik va falsafa integratsiyasi, ularning insoniyat tafakkuridagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi.
Keywords: Dinshunoslik, falsafa, haqiqat, tafakkur, islom falsafasi, diniy metodologiya, mantiqiy tahlil, diniy tafsir, zamonaviy yondashuvlar.