08.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada din va ma’naviy kamolot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritib berilgan. Islom dini inson qalbini poklash, axloqiy barkamollikka erishish hamda jamiyatda ezgulikni qaror toptirishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida ma’naviy yetuklik mezonlari tahlil qilinib, buyuk allomalar va ajdodlarimizning ibratli hayoti orqali ushbu tushunchaning tarixiy ildizlari ochib berilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda din va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar ham yoritilgan. Maqola jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda dinning o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi.
Keywords: Islom dini, qalbni poklash, buyuk allomalar, din va ma’naviyat, din va ma’naviyat, ma’naviy muhit, yuksak axloqiy talablar.