TIJORAT BANKLARIDA XALQARO PUL O'TKAZMALARI, ULARNING HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarining xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish, ularni tahlil qilish va samarali auditini tashkil etish bo‘yicha mavjud holat chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining yildan-yilga oshib borayotgani, raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintex), onlayn to‘lov tizimlari va elektron bank xizmatlarining kengayishi fonida banklar uchun ushbu operatsiyalarni aniqlik, tezlik va xavfsizlik talablariga muvofiq boshqarish dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada banklar tomonidan SWIFT tizimi, ISO 20022 xabar almashinuvi standarti, blokcheyn texnologiyalari va avtomatlashtirilgan komplayens nazorati kabi ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali xalqaro pul o‘tkazmalarining hisob va audit jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Ushbu ilmiy ish bank-moliya sohasidagi mutaxassislar, buxgalterlar, auditorlar va regulyatorlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, moliyaviy shaffoflikni oshirish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Keywords: Tijorat banklari, xalqaro pul o‘tkazmalari, buxgalteriya hisobi, bank auditi, SWIFT tizimi, valyuta operatsiyalari, ichki nazorat, komplayens, KYC, AML, moliyaviy monitoring, audit standartlari, raqamli bank xizmatlari, FATF, ISO 20022.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor