07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada betta talasemiya kasalligiga chalingan bolalarda ovqat hazm qilish tizimi faoliyatidagi o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. Betta talasemiyaning organizmga, ayniqsa jigar va oshqozon-ichak traktiga ko‘rsatadigan patofiziologik ta’siri, temir moddasining ortiqcha to‘planishi natijasida yuzaga keladigan asoratlar, ovqat hazm qilish fermentlarining yetishmovchiligi, parhez muhimligi va ularni davolash yo‘llari ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, bolalarning umumiy jismoniy va ruhiy rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar ham tahlil qilinadi. Maqolada bu holatni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va gastroenterologik yondashuvni kompleks tarzda qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.
Keywords: Bettta talasemiya, bolalar sog‘lig‘i, ovqat hazm qilish, temir to‘planishi, gepatotoksik ta’sir, ferment yetishmovchiligi, parhez