07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada badiiy matnda dialektlarning o‘rni va ularning funksional vazifalari tahlil qilinadi. Dialektal unsurlar badiiy asarning mazmuniy va stilistik boyligini oshirish, qahramon xarakterini ochib berish, milliy va hududiy koloritsiyani aks ettirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada dialektlarning qahramonning ijtimoiy kelib chiqishini ifodalash, matnning tabiiyligini oshirish, tarixiy va madaniy muhitni yoritish hamda stilistik vosita sifatida qo‘llanilishi singari asosiy funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, dialektlardan foydalanishning imkoniyatlari va cheklovlari muhokama qilinib, ularning badiiy adabiyotdagi ahamiyati Sharof Rashidovning “G‘oliblar” romanidan misollar bilan mustahkamlangan. Maqola lingvistika va adabiyotshunoslik sohalarida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Keywords: Dialekt, dialektizmlar, fonetik dialektizmlar, leksik dialektizmlar, morfologik dialektizmlar, qipchoq lahjasi, personaj nutqi.