GANDOLCHILARDA MUSOBAQAVIY STRESSNI YENGISH VA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Gandbolchilar o‘yin davomida nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikka ham tayanuvchi sportchilardir. Musobaqa paytidagi stress holatlari sportchining qaror qabul qilish qobiliyatiga, diqqatiga va harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda stressning asosiy manbalari — jamoaviy bosim, kutishlar, individual mas’uliyat — tahlil qilinib, musobaqaviy stressning sportchilarga ta’siri ikki yo‘nalishda: salbiy va ijobiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Diqqatni jamlash, vizualizatsiya, ijobiy fikrlash, o‘zini anglash hamda ruhiy boshqaruv texnikalari stressni kamaytirishga va sportchi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali vositalar sifatida tavsiya etiladi.

Keywords: Gandbol sporti, musobaqaviy stress holatlari, psixologik barqarorlik, emotsional intizom, kognitiv boshqaruv strategiyalari, sportchilarni ruhiy tayyorlash, psixoregulyatsiya texnikalari, stressga chidamlilik kompetensiyasi, psixologik moslashuvchanlik, motivatsion omillar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor