07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy bank tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan marketing faoliyatining mohiyati, ahamiyati va rivojlanish yo‘nalishlari keng qamrovda o‘rganilgan. Bank sektorida yuzaga kelayotgan keskin raqobat sharoitida tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishi, mijozlar sonini ko‘paytirish, ularning sodiqligini ta’minlash va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishda marketingning tutgan o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda an’anaviy marketing yondashuvlari bilan bir qatorda innovatsion va raqamli marketing vositalarining joriy etilishi tijorat banklari uchun strategik zaruratga aylanmoqda. Maqolada bank marketingining asosiy yo‘nalishlari – bozorni segmentatsiyalash, mijozlar bilan aloqalarni boshqarish, reklama va PR faoliyatini tashkil qilish, narx va xizmat siyosatini shakllantirish hamda raqamli platformalarda xizmat ko‘rsatish tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, bank marketingida uchrayotgan dolzarb muammolar, jumladan, marketing strategiyalarining yetarlicha ishlab chiqilmagani, mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish tizimining sustligi, raqamli marketing vositalarining cheklangan qo‘llanilishi singari holatlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar esa O‘zbekiston tijorat banklari marketing siyosatini takomillashtirishda muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Keywords: bank marketingi, tijorat banki, raqamli marketing, mijozlar ehtiyoji, innovatsion xizmatlar, raqobat muhitida marketing strategiyasi, moliyaviy xizmatlar sifati.