TIJORAT BANKLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

07.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Maqolada tijorat banklarining samarali faoliyat yuritishida inson resurslarini boshqarish tizimi qanday strategik ahamiyat kasb etishi chuqur tahlil qilinadi. Bugungi raqobatbardosh moliyaviy muhitda banklarning muvaffaqiyati nafaqat texnologik infratuzilmasi yoki kapital hajmi bilan, balki malakali va motivatsiyalangan xodimlar salohiyati bilan ham belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, inson resurslarini boshqarish (IRB) tizimining zamonaviy tendensiyalarga moslashuvi, xodimlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarning joriy etilishi, raqamli transformatsiyaga tayyorlik darajasi, shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarning o‘zlashtirilishi muhim omillar sifatida qaralmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarida mavjud IRB tizimining holati, xodimlar almashuvining yuqori darajasi, yetakchilik salohiyatining yetarlicha rivojlanmagani, ichki tayyorlov va o‘qitish tizimlarining samaradorligi past ekani aniqlangan. Maqolada shuningdek, kompetensiyalarga asoslangan boshqaruv, KPI va CRM texnologiyalarining IRB jarayonlariga integratsiyasi, shuningdek, mentorlik va karyera rivojlanishi dasturlarining ahamiyati ham alohida yoritilgan.

Keywords: Tijorat banklari, inson resurslarini boshqarish, kadrlar siyosati, strategik boshqaruv, motivatsiya tizimi, xodimlar almashuvi, raqamli kompetensiyalar, yetakchilik salohiyati, kompetensiyalarga asoslangan yondashuv, HR texnologiyalari, KPI tizimi, o‘qitish va rivojlantirish, karyera boshqaruvi, bank xodimlari malakasi, ish samaradorligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor