05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tarix ta’limida tutgan o‘rni, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri, afzalliklari va qo‘llanilish turlari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, onlayn platformalar va raqamli resurslardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. XXI asrda insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylangan raqamli texnologiyalar deyarli barcha sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimi ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, ijtimoiy fanlar qatorida muhim o‘rin tutadigan tarix fani o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va saboq chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, raqamli texnologiyalarning tarix darslariga integratsiyasi bu fanning o‘zlashtirilishini yengillashtiradi, uni ko‘proq hayotiy va jonli qiladi.
Keywords: - Google Classroom, Microsoft Teams – dars materiallarini tarqatish, topshiriqlarni nazorat qilish; - Kahoot, Quizizz, Mentimeter – interaktiv testlar va viktorinalar tashkil etish; - Padlet, Miro – guruhiy fikr almashish maydonchalari; - YouTube, Coursera, Khan Academy – tarixiy mavzularga oid video va kurslar.