05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada yopiq va ochiq axborot tizimlari va resurslarini yagona axborot makonida integratsiyalashning konseptual va amaliy asoslari keng qamrovda tahlil etiladi. Integratsiyalash modeli doirasida axborot almashinuvi, tizimlararo moslashuvchanlik (interoperabilitet), xavfsizlik strategiyalari, huquqiy va axloqiy masalalar, texnik arxitektura hamda standartlashtirish muammolari har tomonlama ko‘rib chiqiladi. Yopiq tizimlarning ishonchlilik va maxfiylik talablari bilan ochiq tizimlarning ochiqlik, innovatsion yondashuv va shaffoflik prinsiplari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash modelning markaziy vazifasidir. Tahlil davomida SOA (Xizmatga asoslangan arxitektura), API Gateway, ETL texnologiyalari, axborot xavfsizligi protokollari, va mashina-o‘qilishi mumkin bo‘lgan interfeyslar kabi zamonaviy texnik yechimlar misolida amaliy yondashuvlar yoritiladi. Ushbu maqola ilmiy izlanishlar, davlat va korporativ axborot infratuzilmalari hamda raqamli transformatsiya loyihalari uchun zaruriy nazariy va metodologik asosni shakllantiradi.
Keywords: Axborot tizimlari, tizimlararo integratsiya, yopiq resurslar, ochiq platformalar, ma’lumotlar xavfsizligi, API, SOA, qonunchilik, mashina-o‘qilishi mumkin bo‘lgan interfeyslar.