05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada yosh bolalarning psixologik tarbiyasi va uning inson hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Bolaning psixik rivojlanishi, shaxs sifatida shakllanishi, atrof-muhitga moslashuvi, o‘zini anglash va boshqalar bilan munosabat o‘rnatish qobiliyati, aynan go‘daklik va erta yoshdagi tarbiya jarayoniga chambarchas bog‘liqdir. Maqolada oiladagi muhit, ota-ona va tarbiyachilarning roli, mehr-muhabbat, tushunish va emotsional qo‘llab-quvvatlash kabi psixologik omillar yoritib berilgan. Shuningdek, bolaning xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, masalan, befarqlik, jazolash, e’tiborsizlik kabi holatlar haqida ham so‘z yuritiladi. Muallif psixologik tarbiyaning sog‘lom jamiyat shakllanishidagi o‘rni va dolzarbligini asoslab beradi hamda amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, tarbiyachilar, psixologlar hamda ota-onalar uchun foydali qo‘llanma bo‘la oladi.
Keywords: Psixologik tarbiya, emotsional qo‘llab-quvvatlash, shaxs shakllanishi, ijtimoiy moslashuv, tarbiyachi, psixologik muhit, moslashuvchanlik, senzitivlik, refleksiya