XIVA XONLIGI VA ROSSIYA IMPERIYASI O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR TARIXI (XVIII–XIX ASRLAR)

05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada XVIII–XIX asrlarda Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik va harbiy munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Dastlab savdo va elchilik aloqalari shaklida boshlangan munosabatlar, vaqt o‘tishi bilan Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati ta’sirida keskin tus olgan. 1873-yilgi harbiy yurish va uning oqibatida Xiva xonligining yarim mustamlakaga aylanishi ikki davlat o‘rtasidagi asimmetrik munosabatlarning yakuniy bosqichi sifatida ko‘rsatiladi. Mazkur tarixiy jarayonlar O‘rta Osiyodagi geosiyosiy o‘zgarishlarni anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Keywords: Xiva xonligi, Rossiya imperiyasi, diplomatik munosabatlar, harbiy yurish, mustamlaka siyosati, Kaufman yurishi, XVIII–XIX asrlar, O‘rta Osiyo tarixi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor