RAQAMLI DAVRDA BOLA HUQUQLARINING HIMOYASI. ONLAYN XAVSIZLIK VA MAXFIYLIK

05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqola raqamli makonda bola huquqlarining himoyasi milliy va xorijiy qonunchilikda qay darajada aks etganligi chuqur va atroflicha tahlil qilingan. Qolaversa, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning qay darajada samaradorligi keltirib o’tilgan. Shuningdek bola huquqlarini raqamli texnologiyalarda xavsizlik va maxfiylik choralarni ko’rish haqida davlatlarning tajribasi ham yoritib o’tilgan. Internet tizimida bola huquqlarining himoya qilish sohasida davlat uchrashi mumkin bo’lgan asosiy muammolar tahlil qilingan hamda ushbu muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilgan. Milliy qonunchiligimizda ham bola huquqlarining himoyasi bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham fikirlar bildirilgan.

Keywords: bola huquqlari, konvensiya, raqamli davr, zamonaviy xavf va tahdidlar, monitoring, onlayn zo’ravonlik, onlayn xavsizlik va maxfiylik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor