DOIMIY QON TOPSHIRUVCHI DONORLARDA LIPOPROTEIDLAR ALMASHINUVINI O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI

05.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu ishning dolzarbligi doimiy donorlar qonida past zichlikdagi lipoproteidlarni aniqlash va o'rganish qon aylanish tizimi va tarkibi bilan bog'liq moddalar almashinuvining buzilish yog'lar almashinuvi va xolesterin miqdorining o’zgarishi bilan bog'liq kasalliklar jumladan yurak-qon tomir tizimidagi kasalliklar: ateroskleroz, yurak ishemik kasalliklari, arterial gipertenziya, mikrosirkulyator tizim kasalliklari, periferik a’zolarda tromboz, emboliya, ishemiya kabi o'g'ir asoratlarga olib keluvchi o'zgarishlarning donor bo'lmagan insonlarga nisbatan kam uchrashini ilmiy-amaliy jihatdan yoritib berishdir. Ateroskleroz va uning asoratlari jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo bo'lib, bemorlar soni bo'yicha u boshqa yurak qon tomir tizimi kasalliklarga nisbatan dunyoda birinchi o'rinlardan birini egallaydi. PZL (past zichlikdagi lipoproteidlar) bilan bog'liq patologiyalar birinchi marta klinik jihatdan eng mehnatga layoqatli yoshda (30-50 yosh) namoyon bo'ladi va asorat berish tendentsiyasiga ega. So'nggi yillarda yoshlik davrida ateroskleroz va uning asoratlari bilan bog’liq yurak qon tomir kasalliklari o'sishiga nisbatan barqaror tendentsiya kuzatilmoqda.

Keywords: ateroskleroz, qon donori, PZL (past zichlikdagi lipoproteidlar), YZL (yuqori zichlikdagi lipoproteidlar), xolesterin, trigletseridlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor