28.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada turizm etikasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Turizm etikasi — bu sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mahalliy aholi va ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui bo‘lib, u o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, madaniyatlararo muloqot va adolat prinsiplariga asoslanadi. Maqolada turizmda etik qadriyatlarning sayyohlar va mezbonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga, xizmat sifati va mamlakatning xalqaro imijiga ta’siri alohida ta’kidlangan. Ushbu maqolada muallif tomonidan tarixiy va madaniy meros ob’ektlariga nisbatan ehtiyotkorlik, ekologik barqarorlikka e’tibor, xizmat ko‘rsatishdagi madaniyat va mehmondo‘stlik kabi omillar barqaror turizm asosini tashkil etuvchi mezonlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, etika va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh avlodni etik ong asosida tarbiyalash, ta’lim tizimiga etik me’yorlarni kiritish zaruriyati ham tahlil etilgan. Maqola natijasida, turizmda etik yondashuv nafaqat axloqiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ham rivojlanishning muhim omili ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.
Keywords: Etik tamoyillar, Sayyohlik madaniyati, Barqaror turizm, Xizmat sifati, Madaniyatlararo muloqot, Ijtimoiy mas’uliyat.