29.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Maqolada maktabgacha ta'lim sifati haqida so'z boradi. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish va boshqarish muammolarining bugungi kun tartibida ekanligi bilan asoslanadi, chunki boshlang'ich sinflarda bolalarning ta'limi yaxshi yo'lga qo'yilganda yuqori sinflarda ijobiy natijalarga erishish mumkinligi aniq. Maqolaning maqsadi o'quvchilarning o'qishga bo'lgan munosabatini tahlil qilish va batafsil tavsiflashdan iborat bo'lib, ular har xil, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'ziga xos jihatlari bor, bu o'quv ishlarini tashkil etishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar tayyorlash davlat dasturida ta’lim tizimi va uni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgani bilan maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish va boshqarish usullari belgilab berilgan. Maqolada ko'rsatilgan muammoni o'rganish natijasida olingan amaliy natijalar maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish va boshqarishda yordam berishi mumkin. Maqolada maktabgacha ta’lim orqali bolalarni yetuk, ma’naviy barkamol, estetik va jismonan barkamol etib tarbiyalash bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi masalalardan biri ekanligi qayd etilgan.
Keywords: boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat, imkoniyat, xususiy toifalar, tashkilot, yetakchilik, nazorat, samaradorlik, ta’lim sifati, bilim, xabardorlik.