JISMONIY MASHQLAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARDA STRESS VA CHARCHOQLIKNI KAMAYTIRISH USULLARI

29.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning talabalarda stress va charchoqlik darajasini kamaytirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy asosda yoritilgan. Hozirgi zamon talabalari o‘qish yuklamasi, ma’naviy-psixologik bosim va kamharakat turmush tarzidan kelib chiqib, ko‘p hollarda ruhiy zo‘riqish va charchash holatlariga duch kelishmoqda. Tadqiqotda jismoniy mashqlarning asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’siri, e’tibor va ruhiy holatni barqarorlashtirishdagi o‘rni, shuningdek, dars jarayonlarida va darsdan tashqari faoliyatda ularni qo‘llash usullari o‘rganilgan. Maqola institut o‘qituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, stressni kamaytirish bo‘yicha samarali pedagogik yondashuvlar va jismoniy tarbiya vositalarini qo‘llash mexanizmlarini taklif etadi.

Keywords: jismoniy mashqlar, stressni kamaytirish, charchoqlik, talaba salomatligi, psixologik barqarorlik, jismoniy tarbiya, institut talabalari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor