24.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu tadqiqot ishi fizika sohasidagi masalalarni yechishda sun'iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi va ularning samaradorligini chuqur tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellektning roli tobora muhim ahamiyat kasb etib, o‘quv jarayonini interaktiv va shaxsiylashtirilgan tarzda tashkil etishga xizmat qilmoqda. Maqolada mashinali o‘qitish algoritmlari, chuqur o‘rganish (deep learning), neyron tarmoqlar va ekspert tizimlari kabi sun’iy intellekt yondashuvlarining fizika masalalarini avtomatik tarzda tahlil qilish, yechim topish va talabalarga tushunarli shaklda izohlab berishdagi imkoniyatlari keng yoritilgan.
Keywords: Sun’iy intellekt (AI),Mashinali o‘qitish (Machine Learning), Ekspert tizimlar, Fizika masalalari, Ta’lim texnologiyalari, Avtomatlashtirilgan tahlil.