25.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tijorat tashkilotlari filiallarini ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash jarayonlari, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakat iqtisodiy muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliy yondashuvlar o‘rganilgan. Maqola xorijiy filiallarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi va litsenziyalash jarayonlari qanday soddalashtirilgani, mavjud tizimdagi byurokratik to‘siqlar va huquqiy noaniqliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda ushbu jarayonlarni yanada takomillashtirish yo‘nalishlari ham ko‘rsatib berilgan.
Keywords: O‘zbekiston, xorijiy tijorat tashkilotlari, filial, litsenziyalash, ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiya, huquqiy asos, elektron tizim, byurokratik to‘siqlar, xalqaro tajriba, qonunchilik, iqtisodiy islohotlar.