25.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiy tizimidagi yashirin iqtisodiyotning mavjud holati, uning salbiy oqibatlari va byudjetga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, soliq tizimini raqamlashtirish orqali yashirin faoliyatni legallashtirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Mavjud elektron soliq platformalari, masalan, my.soliq.uz, E-KKM, E-faktura, E-Hisob kabi tizimlarning amaliy samaradorligi, ularning soliqqa tortish bazasini kengaytirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada, shuningdek, raqamli texnologiyalarni yanada takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning raqamli savodxonligini oshirish, elektron tizimlarning integratsiyasini kuchaytirish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish va davlat byudjetining barqaror daromad manbalarini kengaytirishda raqamlashtirish muhim vosita ekanini isbotlaydi.
Keywords: Yashirin iqtisodiyot, soliq tizimi, raqamlashtirish, soliq ma’muriyatchiligi, elektron hisob-faktura, fiskal nazorat, soliq islohotlari, soliq to‘lovchi, legallashtirish, raqamli texnologiyalar.