18.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada fazoviy tasvirlarni tahlil qilish asosida inson yuzini aniqlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Yuzni aniqlash — kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va biometrik identifikatsiya sohalarining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, raqamli tasvirlarni chastota sohasida ifodalash orqali ularning asosiy xususiyatlarini ajratib olish va tahlil qilish, sun’iy intellektga asoslangan tizimlar uchun katta ahamiyatga ega. Fourier o‘zgarishlari raqamli tasvirlarni fazodan chastotaga o‘tkazishga imkon beradi, bu esa yuzni aniqlash vazifasini ancha soddalashtiradi. Maqolada DFT (Diskret Fourier o‘zgarishi) va uning ikki o‘lchamli (2D) ko‘rinishlari, tasvirni tahlil qilishda foydalaniladigan algoritmlar, tajriba natijalari, grafik tahlillar, sun’iy neyron tarmoqlari bilan integratsiya holatlari keng yoritilgan.
Keywords: Fourier o‘zgarishi, chastota domeni, fazoviy tasvirlar, yuzni aniqlash, DFT, IDFT, CNN, sinxron filtratsiya, spektral tahlil, LFW, fazoviy filtrlash, sun’iy intellekt.