18.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiyalash jarayonini samarali boshqarish masalalari chuqur tahlil qilingan. Respublikada transport-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar kontekstida temir yo‘l infratuzilmasining ahamiyati, u orqali iqtisodiy o‘sish, hududlararo integratsiya, eksport-import salohiyatini kengaytirish va logistika tizimini takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada temir yo‘l tizimidagi mavjud infratuzilmaning holati, eskirgan texnika va texnologiyalar, tashish jarayonlaridagi logistik to‘siqlar, hamda moliyalashtirish mexanizmlaridagi muammolar tahlil etilgan. Shuningdek, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy qilish, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini kengaytirish, raqamli transformatsiya va xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Muallif tomonidan, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni faollashtirish, logistika markazlarini tashkil etish va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish kabi strategik yo‘nalishlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bunda har bir taklifning iqtisodiy samaradorligi, investitsiyaviy jozibadorligi va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy natijalari asoslab berilgan.
Keywords: Temir yo‘l transporti, infratuzilma modernizatsiyasi, boshqaruv tizimi, raqamlashtirish, logistika markazlari, davlat-xususiy sheriklik, transport siyosati, texnik yangilanish, tranzit salohiyati, transport infratuzilmasi rivoji.