17.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada ekonometriya fanida keng qo‘llaniladigan chiziqli va chiziqsiz regressiya modellarining nazariy asoslari va ularning matematik tahlili yoritilgan. Har bir modelning afzalliklari, cheklovlari hamda amaliy qo‘llanish imkoniyatlari misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Chiziqli regressiya modeli oddiy va ko‘p omilli ko‘rinishda, chiziqsiz regressiya esa eksponensial va logarifmik turlarda yoritilgan. Maqola iqtisodiy tahlil, bashorat va qaror qabul qilish jarayonlarida bu modellarning ahamiyatini ochib beradi.
Keywords: regressiya tahlili, chiziqli model, chiziqsiz model, kvadratlar usuli, bashorat, statistik muvofiqlik.