17.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, xususan, uning romanchilik janriga qo‘shgan ulkan hissasi qo’shgan. Muallif “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari orqali o‘zbek nasrida yangi bosqich boshlab bergan adibning tarixiy voqealarni badiiy talqin qilishdagi yondashuvi, ijtimoiy va ma’naviy masalalarni qamrab olish uslubi haqida atroflicha to‘xtaladi. Maqolada Qodiriyning obraz yaratish mahorati, milliy uyg‘onish g‘oyalari, xalqparvarlik pozitsiyasi, shuningdek, uning fojiaviy taqdiri haqida ham fikr yuritiladi. Maqola natijasida yozuvchining o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatidagi mavqei va ijodiy merosining bugungi adabiy jarayondagi ahamiyati ochib beriladi.
Keywords: Abdulla Qodiriy, o‘zbek romanchiligi, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, tarixiy roman, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish.